18:38 / 15.05.2018
4 316

O‘zil va Gundo‘g‘an Erdo‘g‘an bilan suratga tushdi (foto)

O‘zil va Gundo‘g‘an Erdo‘g‘an bilan suratga tushdi (foto)
Germaniya terma jamoasi yarim himoyachilari Mesut O‘zil va Ilkay Gundo‘g‘an Londonda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan uchrashdi.

«Arsenal» va «Manchester Siti» havbeklari Erdo‘g‘anga o‘z futbolkalarini sovg‘a qilishgan va u bilan suratga tushishgan.

Erdo‘g‘an rahbarlik qiluvchi «Adolat va taraqqiyot» (AK Parti) partiyasi matbuot xizmati Erdo‘g‘an ushbu futbolchilar, shuningdek, «Everton»ning turkiyalik hujumchisi Jenk To‘sun tasvirlangan suratni namoyish etdi.

Bunga esa bundestag vakillari, shuningdek, Germaniya futboli amaldorlari keskin tanqidiy munosabatda bo‘lgan, ular jahon chempionati arafasida asosiy e’tiborni futbolga qaratishi zarurligini ta’kidlashgan.

«DFB kelib chiqishi xorijlik bo‘lgan futbolchilarni hurmat qiladi, ammo biz janob Erdo‘g‘an tan olmaydigan qadriyatlarga amal qilamiz. Shu tufayli, milliy terma jamoamiz futbolchilaridan uning saylovoldi kampaniyasida foydalanishlari yaxshi emas», – degan Nemis futbol ittifoqi (DFB) prezidenti Raynhard Grindel .

Ma’lumot uchun, Mesut O‘zil va Ilkay Gundog‘an kelib chiqishiga ko‘ra turk hisoblanadi.

Mesut O‘zil
Foto: AK Parti


Ilkay Gundo‘g‘an
Foto: AK Parti


Djenk Tosun
Foto: Daily Sabah

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘zil va Gundo‘g‘an Erdo‘g‘an bilan suratga tushdi (foto)