22:38 / 16.05.2018
4 320

Indoneziyalik qizaloqlar ulkan bo‘g‘ma ilonning ustiga minib olishdi (video)

Indoneziyalik qizaloqlar ulkan bo‘g‘ma ilonning ustiga minib olishdi (video)
Ulkan va qo‘rqinchli bo‘g‘ma ilonlar har qanday odamning o‘takasini yorishi mumkin, biroq bunday qo‘rquv indoneziyalik qizaloqlarga xos emas.

Ikki qizaloq sayr qilish uchun yurib ketayotgan bo‘g‘ma ilonning ustiga minib olgan. Bu xavfli o‘yinni noma’lum shaxs videoga olib, Feysbuk ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirdi. Mazkur videoni bir necha kun mobaynida 7 milliondan ortiq odam tomosha qildi. Uni Siz ham quyidagi HAVOLA orqali tomosha qilish imkoniga egasiz.

Aksariyat foydalanuvchilar qizaloqlarning bunday xavfli o‘yinlarni o‘ynashiga yo‘l qo‘yib bergan ota-onasini qoralashdi.

Mazkur turdagi to‘rsimon bo‘g‘ma ilonlar dunyodagi eng ulkan ilonlar hisoblanib, ularning uzunligi 7 metrga yetadi, ba’zan bundan ham oshishi mumkin. Ular asosan tuyoqli jonivorlarni, maymunlarni va kemiruvchilarni iste’mol qiladi.

Ba’zan ularning katta odamlarni ham yutib yuborganligi haqida xabarlar kelib tushadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)