23:45 / 16.05.2018
4 559

AQSh Davlat kotibi: “Ramazon o‘zaro hurmat, sahovat va go‘zal xulq oyi”

AQSh Davlat kotibi: “Ramazon o‘zaro hurmat, sahovat va go‘zal xulq oyi”
Muborak Ramazon oyi boshlanishi arafasida AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo chorshanba kuni Indoneziyadagi AQSh elchixonasi tomonidan e’lon qilingan bayonotida butun dunyodigi musulmonlarga tabrik yo‘lladi.

“Ramazon o‘zaro hurmat, sahovat va go‘zal xulq atvorni o‘zida muzassam etgan oy. Bu oyda oila va do‘stlar bilan ko‘p vaqt o‘tkazish mumkin bo‘lgan sevimli payt. U musulmonlarni bechoralarga xayr-sadaqa berishga undaydi va birlashishga chaqiradi.

Jumladan, musulmonlar o‘z jamiyatlariga har kuni ulkan hissasini qo‘shib kelmoqda. Ularda qo‘shnichilik o‘zgacha tarzda sharaflanadi. Muqaddas Ramazon oyini yuqori kayfiyatda o‘tkazishingizni tilayman”, dedi Pompeo o‘z bayonotida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSh Davlat kotibi: “Ramazon o‘zaro hurmat, sahovat va go‘zal xulq oyi”