07:03 / 17.05.2018
4 041

Rajab Toyib Erdo‘g‘on rasmiy tashrif bilan Buyuk Britaniyaga bordi

Rajab Toyib Erdo‘g‘on rasmiy tashrif bilan Buyuk Britaniyaga bordi
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on rasmiy tashrif bilan Buyuk Britaniyaga bordi, deb xabar berdi Darakchi nashri.

Turkiya rahbari poytaxt Londonga yetib kelgach, Bukingem saroyida qirolicha Yelizaveta bilan uchrashdi. Uch kunlik tashrifi davomida Rajab Toyib Erdo‘g‘on va Angliya Bosh vaziri Tereza Mey o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda inson huquqlari, terrorizmga qarshi kurash, migratsiya hamda mintaqaviy tinchlikni barqarorlashtirish kabi masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, ikki tomonlama savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida ham so‘z bordi.

Uchrashuv Angliya va Turkiya uchun "yaqin munosabatlar"ni o‘rnatish hamda mudofaa sohasida "umumiy manfaat " mavzusida muhokamalar olib borish uchun tashkil etildi. Bosh vazir Tereza Mey va Turkiya rahbari G‘azodagi vaziyat xususida ham to‘xtalib, zo‘ravonliklar tufayli odamlar qurbon bo‘layotganini ta’kidlashdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rajab Toyib Erdo‘g‘on rasmiy tashrif bilan Buyuk Britaniyaga bordi