22:20 / 18.05.2018
4 191

Tramp musulmonlarga Ramazon tabrigini yo‘lladi

Tramp musulmonlarga Ramazon tabrigini yo‘lladi
AQSh prezidenti Donald Tramp musulmonlarni muborak Ramazon oyi boshlangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Bu haqda Azon.uz xabar tarqatdi.

“Ramazon bizga musulmonlarning Amerika diniy landshaftiga qo‘shilgan boylikni esga soladi. Bizning konstitutsiyamiz musulmonlarga o‘z amallarini bemalol bajarishlariga imkon beradi va hukumat tomonidan hech qanday qarshilik bo‘lmaydi”, – deyiladi Trampning bayonotida.

“Ko‘plab odamlar Ramazonni nishonlayotgan bir paytda, men va Melanya muborak oyda ularning umidlariga qo‘shilamiz. Ramazon muborak”, – deya o‘z so‘zini yakunladi Tramp.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp musulmonlarga Ramazon tabrigini yo‘lladi