13:48 / 19.05.2018
4 089

«Hazilni uyda qilasiz»: Pyotr Poroshenko mansabdorning hazilini tushunmadi

«Hazilni uyda qilasiz»: Pyotr Poroshenko mansabdorning hazilini tushunmadi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Dnepropetrovsk viloyati avtomobil yo‘llari xizmati rahbari Vladislav Jivotchenkoning hazilini tushunmadi va unga qattiq tanbeh berdi, deb yozmoqda «Daryo» nashri.

Prezident Jivotchenkodan uning idorasiga qancha pul kerakligini so‘ragan. Xizmat rahbari bunga javoban hazillashmoqchi bo‘lgan va «Kim bilsin qanchaligini», — degan.

Poroshenkoga javob yoqmagan, shundan keyin Jivotchenko omadsiz hazili uchun uzr so‘rashga uringan.

«Hazilni uyda qilasiz, sizdan prezident qancha pul kerakligini so‘rayapti. Men sizni kechirmayman», — degan Poroshenko uning o‘zini oqlashiga javoban.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Hazilni uyda qilasiz»: Pyotr Poroshenko mansabdorning hazilini tushunmadi