22:30 / 19.05.2018
4 549

Butun dunyo bo‘ylab Ramazon shukuhi

Butun dunyo bo‘ylab Ramazon shukuhi
– Indoneziyada Ramazon oyining avvalgi haftasida bola ro‘za tutishni odat qilishi maqsadida maktabdan ta’tilga chiqadi.

– Birinchi marta ro‘za tutayotgan bolaga go‘yoki nikoh kechasidagi kuyov kabi e’tibor qaratiladi.

– Malayziyada ayollar iftor bilan saharlik orasida Qur’oni karimni tilovat qilish maqsadida xonadonlarni aylanib chiqishadi.

– Nigeriyada har bir oila iftor uchun kuniga bittadan kambag‘alni mehmon qiladi.

– Mavritaniyada bir kechada Qur’onni to‘la xatm qilinadi.

– Uganda davlatida Islom kirib kelganidan beri 12 soat ro‘za tutiladi. Chunki bu davlat ekvator chizig‘iga to‘g‘ri kelgani uchun u yerda kecha va kunduzi barobar bo‘ladi.

– Angliyada musulmon talabalarni taqdirlash uchun imtihonga kiritmay turishadi.

– Ammo ba’zi arab va musulmon mamlakatlarida go‘yo Ramazon oyi ibodat oyi emas, balki yeb ichish oyidek narxlarni oshirib yuborishadi. Bu oyda oynai jahonda har xil seriallarni tomosha qilishadi. Isrofgarchilik avjiga chiqadi. Tungi choyxona va qahvaxonalar gavjumlashadi.

Allohdan asl haqiqatga, go‘zal tarzda qaytarishini so‘rab qolamiz.


Manba: www.azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Butun dunyo bo‘ylab Ramazon shukuhi