08:31 / 20.05.2018
3 582

Checheniston poytaxtidagi cherkovga jangarilar hujum qildi

Checheniston poytaxtidagi cherkovga jangarilar hujum qildi
Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning ma’lum qilishicha, jangarilar besh kishi bo‘lgan. Ular cherkovga kirib ichkaridagilarni garovga olgandi. Respublika maxsus xizmati vakillari o‘z burchini a’lo darajada ado etdi. Otishmalar natijasida besh jangarining to‘rt nafari yo‘q qilindi. Xabar qilishlaricha, jangarilar cherkovga hujum qilishda asosan portlovchi moddalar va vintovkadan foydalangan.

Arxangel Mixail ibodatxonasi ruhoniysi yo‘q qilingan jangarilarning bittasi ilgari bu yerda ko‘zga tashlanmaganini, u kirib kelgach, oradan juda qisqa vaqt o‘tib jangarilar hujum boshlaganini alohida ta’kidlab o‘tdi. Xuddi o‘sha qolgan to‘rt jangariga yetakchilik qilgani, hujum va garovga olish operatsiyasini boshqarib turgan bo‘lishi mumkinliginini qistirib o‘tdi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Checheniston poytaxtidagi cherkovga jangarilar hujum qildi