17:00 / 21.05.2018
2 137

Nepallik alpinist Everest cho‘qqisini zabt etib, yangi rekordni o‘rnatdi

Nepallik alpinist Everest cho‘qqisini zabt etib, yangi rekordni o‘rnatdi
48 yoshli Kami Rita Sherpa 13 nafar alpinistlar jamoasi bilan birga 16 may kuni Everest cho‘qqisiga ko‘tarilishni boshlagan edi, deb xabar berdi Darakchi nashri.

U 8,850 metr balandlikka ko‘tarilgan.Kami Rita Sherpa xorijiy turistlarga tog‘li tizmalarda yo‘lboshchilik qilib kelgan. U katta qiyinchiliklarga qaramasdan o‘z maqsadiga erishdi va yangi jahon rekordini o‘rnatdi. Bu Everest cho‘qisining 22 bora zabt etilishidir.

“Men o‘zim va mamlakatim uchun harakat qildim. Bu mening ko‘p yillik orzuyim edi”, dedi Kami Rita.

Dunyodagi eng baland tog‘ cho‘qqisiga ko‘tarilib, belgilangan vazifa amalga oshirilgach, Kami Rita Sherpa o‘z uyiga, Katmanduga qaytib keldi. Uni oila a’zolari, yaqinlari va keng jamoatchilik vakillari tantanali tarzda kutib olishdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)