Xitoy Chang'e 4 oy missiyasi bilan aloqa qilish uchun mo‘ljallangan Queqiao koinot qurilmasini Yerning tabiiy yo‘ldoshi tomon uchirdi. Missiyaning o‘zi keyinroq amalga oshiriladi, deb xabar beradi Kun nashri.
Qurilma 21 may ertalab Sichan kosmodromidan Long March 4C raketasida uchirildi. Og‘irligi 425 kg keladigan, S- va X-diapazondagi chastotalarda ishlovchi uzatkichlar bilan jihozlangan qurilma Oyning qorong‘i tomonida, Yer-Oy tizimining L2 Lagranj nuqtasida (sayyoramizdan 455 ming km uzoqlikda) joylashib, yarim yil sinovdan o‘tadi.
Queqiao aloqa uchun Oyning teskari tomonida joylashadigan roverdan foydalanmoqchi. Avval lunoxodlar Oyning faqat bizga ko‘rinuvchi tomoniga jo‘natilgan. Qurilma sinovi muvaffaqiyatli o‘tsa, unda Chang'e 4 missiyasi 2018 yildayoq amalga oshirilishi mumkin.
Queqiao uzatkichlardan tashqari, o‘z bortida 30 megagersdan pastroq chastotadagi to‘lqinlarni qayd qilishga mo‘ljallangan niderland antennasi va Xitoyning lazer akslantiruvchisini ham olib yuradi. Akslantiruvchi qurilma va Yerdagi stansiya o‘rtasidagi masofani o‘lchashga mo‘ljallangan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?