19:11 / 23.05.2018
6 460

Lord Xedli (Angliya): «Biz nega musulmon bo‘ldik?!»

Lord Xedli (Angliya): «Biz nega musulmon bo‘ldik?!»
Ehtimol ba’zi do‘stlarim meni "Musulmonlar ta’siriga tushib qolgan", deb o‘ylasalar kerak. Lekin mening Islom dinini qabul qilishimning sababi, ko‘p yillar davomida olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasidir. Mening ziyoli musulmonlar bilan ilmiy bahslarim faqatgina bir necha hafta davom etdi. Ilmiy nazariyalarim tamomila Islom ta’limotlariga muvofiq kelganidan shodligimning cheki yo‘q.

Insonning bu dinni (Islom dinini) qabul qilishi, Qur’oni karim ta’limotiga asosan, o‘zining shaxsiy qanoatidan kelib chiqishi lozimdir, hargiz zo‘ravonlik bilan dinga kirgazish mumkin emas. Iyso (a.s.) ham havoriylarga qarata: "Biror kishi sizlarning da’vatlaringizni qabul qilmasa, quloq ham solmasa, siz u yerdan ayriling, ularni majbur qilmang" degan edi (Avliyo Marko).

Afsuslar bo‘lsinki, xristian missionerlarining musulmonlarga nisbatan tutgan yo‘llari ham aynan shu siyosat asosiga qurilgan. Men bu missionerlarni o‘zlaridan ko‘ra Iyso (a.s.) ta’limotlariga yaqin turuvchi musulmonlarni xristianlikka da’vat qilishlariga tushuna olmayman! Ha, ha yaqin turuvchilar dedim, chunki olijanoblik, fikr doirasining kengligi, haqiqatan Islom e’tiqodida.

"Biz nega musulmon bo‘ldik" kitobidan

Manba: fitrat.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lord Xedli (Angliya): «Biz nega musulmon bo‘ldik?!»