23:17 / 24.05.2018
9 738

Xotinimning jazmani bor ekan…

Хотинимнинг жазмани бор экан…
Bu voqea ko‘proq latifalarda tilga olinadi. Ya’ni, er xizmat safaridan qaytib uyga kirsa, xotinchasi o‘zga erkak bilan yotgan bo‘lib chiqadi…

Ammo latifa ham hayotdan olinishini unutmasligimiz kerak. Mana, yoqutistonlik erkakning boshidan o‘tgan voqea bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Yaqinda ismi-sharifi tergov manfaatlarini ko‘zlab sir tutilayotgan shu erkak haqiqatan xizmat safaridan uyga qaytgandi. Ichkariga kirsa, xuddi latifalardagidek xotinchasi o‘ynashi bilan yotgan ekan. Mana shu yerda erkak o‘ziga xos, original yo‘l tutdi. Shovqin ko‘tarmadi, raqibi bilan mushtlashmadi. Yaxshilikchasiga begona erkakdan uydan chiqib ketishini iltimos qildi. Jazman ham bunday «takalluf»ni kutmagan ekanmi, jonholatda o‘zini tashqariga urdi. Keyin esa erkak qo‘liga rezina etikni oldi-yu, xiyonatkor xotinini ura boshladi. Yo‘q, beldan past qismiga umuman zarba yo‘llamadi. Faqat yuzi aralash urdi. Natijada xiyonatkor xotin jiddiy jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizildi. 56 yoshli aldangan erni esa politsiyachilar qamoqqa oldi.

Ushbu fakt yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Tergovchilarning aytishiga ko‘ra, erkak nari borsa 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin ekan.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xotinimning jazmani bor ekan…