08:32 / 25.05.2018
3 773

KXDRda yadroviy poligon buzib tashlandi

KXDRda yadroviy poligon buzib tashlandi
Shimoliy Koreyadagi «Pungeri» yadroviy poligonida mamlakat harbiylari uchta sinov shaxtasi, yer ustidan kuzatish punktlari, qo‘riqlash inshootlari, shuningdek, poligonga xizmat ko‘rsatish uchun kerak bo‘lgan boshqa ob’ektlarni buzib tashlashdi. Bu haqda RIA «Novosti»ga tayanib Kun nashri xabar qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, buzish ishlari KXDR Yadro quroli instituti tomonidan amalga oshirilgan va bu yadroviy sinovlarni o‘tkazish qarori qat’iy ekanini ochiq ko‘rsatib berish maqsadida qilindi.

«Pungeri» yadroviy poligonidaagi sinov shaxtalari hamda inshootlarning portlatilishi natijasida atrof-muhitga radioaktiv materiallar sizib chiqishi kuzatilmadi», - deyiladi institut bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreyada xorijiy jurnalistlar kuchli yomg‘ir tufayli «Pungeri» yadroviy poligoniga bora olishmayotgani xabar qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » KXDRda yadroviy poligon buzib tashlandi