10:05 / 25.05.2018
9 222

Moskvadagi turmalarning birida «qonundagi o‘g‘ri» Shakro Molodoyni qanday qarshi olishdi?.. (VIDEO)

Moskvadagi turmalarning birida «qonundagi o‘g‘ri» Shakro Molodoyni qanday qarshi olishdi?.. (VIDEO)
Yaqinda internet saytlarida Moskvadagi Presnen aristonlarni vaqtincha ushlab turuvchi turmasida «Qonundagi o‘g‘ri», jinoyat olamida yuksak obro‘ga ega Zaxariy Kalashov («Shakro Molodoy») ni aristonlar qanday qarshi olishgani haqidagi videomaterial tarqatildi.

Videoyozuvda shu narsa tasvirlanganki, kamerada ariston daricha orqali «Aristonlar! Birinchi korpus! Ikkinchi korpus… va hokazo… Uyimizga tinchlik va omad yor bo‘lsin! Kelinglar, hurmatli og‘amiz Shakro Molodoyni iliq kutib olaylik! U bizning turmamizga birrovga kirib o‘tmoqda ekan!!!» deya baqirgan. Korpuslar nomi tilga olindi deguncha narigi tarafdan aristonlarning baravar qichqiriqlari eshitiladi…

O‘g‘ri, bosqinchi, xudoni unutgan aristonlarning shu qichqiriqlarini millionlab odamlar tomosha qilibdi.

Eslatib o‘tamiz, Shakro Molodoy 2016 yili Moskvadagi «Elements» kafesi yonida yuzaga kelgan otishmalarda ishtirok etganlikda ayblanib, sud hukmiga ko‘ra, 9 yil-u 10 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.


Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskvadagi turmalarning birida «qonundagi o‘g‘ri» Shakro Molodoyni qanday qarshi olishdi?.. (VIDEO)