10:55 / 25.05.2018
6 419

Ilon va katta mingoyoqning olishuvi (video)

Ilon va katta mingoyoqning olishuvi (video)
Vetnamda tabiatda kam uchrovchi va antiqa hodisa – ilon va ulkan skolopendraning (mingoyoq) olishuvi videoga qayd qilindi. Ushbu 3 daqiqalik video LiveLeak portalida joylashtirilgan.

Videodan ko‘rinishicha, ikki jonzot orasidagi olishuv ayovsiz kechgan. Unda jonzotlar bir-birlari atrofida chirmashib olib, raqibiga iloji boricha ko‘proq shikast yetkazishga harakat qilayotganining guvohi bo‘lish mumkin. Oxir-oqibat mingoyoq ilonni bo‘ynidan bo‘g‘izlab, uni mag‘lub etgan. Mazkur holat aks etgan videoni ushbu HAVOLA orqali ko‘rishingiz mumkin.

Foydalanuvchilardan biri ushbu rolikni “tungi dahshatlardagi tomosha” deb atagan. “Bu videoni ko‘rib, birinchi marta ilonga rahmim keldi”, deb tan olgan yana bir foydalanuvchi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ilon va katta mingoyoqning olishuvi (video)