Ko‘p qavatli uyning balkonida osilib qolgan bolani qutqargan, Parijda hujjatsiz yashab kelgan malilik muhojir Mamudu Gassama yong‘in xavfsizligi xizmatiga ishga kiradi va unga Fransiya fuqaroligi beriladi. Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Yelisey saroyida muhojir yigit bilan uchrashganidan so‘ng Twitter sahifasida ma’lum qildi, deb yozmoqda «Daryo».
Makron qahramonlik ko‘rsatgan yigitni Parij yong‘in xavfsizligi va qutqarish xizmatlari o‘z safiga qabul qilishga tayyor ekanini ma’lum qilgan. «Men unga naturalizatsiyaga (fuqarolik olishga) hujjat topshirishni taklif qildim. Zero, Fransiya — bu iroda, janob Gassama esa o‘zining irodali ekanini isbotladi!» — dedi prezident.
Mamudu Gassama Parijda hech qanday hujjatlarsiz yashab kelgan. Sodir etgan qahramonligidan keyin Fransiyada Gassamaga fuqarolik berish haqida onlayn-petitsiya e’lon qilingan.
France 24 kanalining ma’lum qilishicha, balkonda osilib qolgan bolani qarovsiz qoldirgan ota-onaga nisbatan ish ochilgan. Ular 2 yil qamoq jazosiga hukm qilinishi yoki 30 ming yevro miqdorida jarimaga tortilishi mumkin. Tergov ishlari yakuniga yetgunga qadar bola davlat qaramog‘ida bo‘ladi.
Avvalroq Gassamaning bolani qutqargani aks etgan video e’lon qilingan edi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»