Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an asosiy muxolif partiya – Xalq-respublika partiyasidan prezidentlikka nomzod Muharram Injeni sudga berdi, deb yozadi Kun nashri. Bunga esa Injening Erdo‘g‘an 2001 yilda AQSHga muxolifatchi Fathulla Gulen yoniga borgani haqidagi so‘zlari sabab bo‘lgan.
Turkiya hukumati Gulenni 2016 yildagi davlat to‘ntaruviga urinishga aloqadorlikda ayblab keladi. Gulen 1999 yildan beri AQSHning Pensilvaniya shtatida yashab keladi.
Inje Balikesirdagi namoyishda Erdo‘g‘anga murojaat qilib, “Sen partiyangni 2001 yilda tashkil etayotganingda Pensilvaniyaga ruxsat uchun borganmiding?”, deb aytgan.
“Gumonlanuvchi tomonidan namoyishda aytilgan gaplar hurmatli prezidentga jiddiy hujum hisoblanadi va haqiqatga mos kelmaydi”, deb aytilgan shikoyat arizasida.
Ta’kidlanishicha, bunday tasdiqlarni so‘z erkinligi tushunchasi doirasida qabul qilib bo‘lmaydi. Erdo‘g‘anning advokati Injedan 100 ming turk lirasi (21 ming dollar) miqdorida tovon puli talab qilmoqda.
Erdo‘g‘anning o‘zi esa Haberturk telekanalida ushbu vaziyatga izoh berib, “Men Pensilvaniyaga ruxsat olish uchun boradigan pastkash siyosatchi emasman”, deb aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi