18:53 / 02.06.2018
3 239

Tramp qizi Ivankani haqoratlagan teleboshlovchini ishdan bo‘shatishga chaqirdi

Tramp qizi Ivankani haqoratlagan teleboshlovchini ishdan bo‘shatishga chaqirdi
AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining Twitter’dagi sahifasida Ivanka Trampga nisbatan qo‘pol so‘zlarni ishlatgan teleboshlovchi Samanta Bini ishda bo‘shatishga chaqirdi, deb xabar beradi «Daryo».

Ushbu holat TBS kanalidagi shou vaqtida kuzatildi.

Samanta Bi Trampning muhojirlik siyosatini muhokama qilayotgan paytda uning qizi Ivanka Trampga nisbatan haqoratli so‘zlarni qo‘llagan. Shuningdek, Ivankaning otasiga ta’sir o‘tkaza olmasligi ham boshlovchi tomonidan tanqidga uchragan.

Keyinroq, teleboshlovchi va kanal ma’muriyati efirdagi so‘kinish uchun kechirim so‘ragan. Biroq holat bahslar ob’ektiga aylandi va Donald Trampning ham e’tiborini tortdi.

«Nima uchun ular qobiliyatsiz Samanta Bini past reytingli shousidagi qo‘polligi uchun ishdan bo‘shatmaydi? Mutlaq ikki xil standartlar, biroq mayli, biz eng yaxshimiz hamda uzoq yillar shunday bo‘lib qolamiz», — deb yozadi Tramp.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp qizi Ivankani haqoratlagan teleboshlovchini ishdan bo‘shatishga chaqirdi