12:53 / 04.06.2018
4 058

KXDRda harbiy rahbariyat ishdan olindi

KXDRda harbiy rahbariyat ishdan olindi
Shimoliy Koreya hukumati AQSh prezidenti Donald Trampning KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish fonida uch nafar yuqori mansabli harbiyni o‘zgartirdi. Bu haqda «Ryonxap»'ga tayanib Kun nashri xabar qilmoqda.

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, Shimoliy Koreya xalq qurolli kuchlari vaziri Pak Yen Sik, Koreya xalq armiyasi bosh shtabi rahbari Li Men Su va mamlakat armiyasi bosh siyosiy boshqarmasi boshlig‘i Kim Chon Gak o‘z lavozimini tark etgan.

Manba so‘zlariga ko‘ra, yuqori mansabli harbiylarning o‘zgartirilishi, ularning «qotib qolgan fikrlari» o‘zgarayotgan vaziyatga mos kelmasligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Kim Chen Inning maktubini ko‘rsatgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » KXDRda harbiy rahbariyat ishdan olindi