17:45 / 04.06.2018
6 380

Yaponiyaliklar qo‘chqor quyrug‘iga qiziqib qolishdi

Yaponiyaliklar qo‘chqor quyrug‘iga qiziqib qolishdi
Yaponiya Mo‘g‘ilistonda yaratilgan innovatsion mahsulotlarni import qilishga qiziqish bildirayapti. Yaqinda “Kunchiqar yurt”ning Xalqaro bilimlar almashish kengashi hamda 14 ta yirik kompaniyasi vakillari ushbu davlatga tashrif buyurdi va mahalliy olimlar bilan uchrashdi.

Yapon delegatsiyasi mo‘g‘ilistonlik tadqiqotchilar tomonidan ishlab chiqilgan zamonaviy tovarlar ko‘rgazmasiga ham bordi. U yerdagi 14 ta mahsulotni tanlab olib, Yaponiya bozorlariga olib kirish mumkinligini bildirdi.

Xususan, mehmonlarga qo‘chqor quyrug‘idan tayyorlangan toza yog‘, mayda shoxli chorva mollarning qayta ishlangan terisi, katta qorin(kavsh qaytaruvchi hayvonlar oshqozonining birinchi, eng katta bo‘limi)dan quruq kukun, qizil rodiola(oltin ildiz nomi bilan ham tanilgan dorivor o‘simlik turi)dan tayyorlangan choy, chirildoq(hasharot)dan olingan shifobaxsh preparatlar, qo‘y terisidan ishlangan avtomobil o‘rindig‘i chexoli shular jumlasidandir.

Xo‘sh, yaponlarni nima uchun aynan shu kabi mahsulotlar qiziqtirib qoldi dersiz.

Masalan, qo‘chqor quyrug‘i Sharq xalqlarida nihoyatda qadrlanadi. Sababi tabiiy va ekologik toza o‘t-o‘lanlar o‘sadigan yaylovlarda boqiladigan qo‘y-qo‘zilarning go‘shti va yog‘ida ko‘plab foydali moddalar – vitaminlar, mikro va makroelementlar, yog‘ kislotalari bo‘ladi. Yana bir muhim jihati, qo‘chqor quyrug‘ida zaharli moddalar bo‘lmaydi.

Mayda shoxli chorvaning qayta ishlangan terisi ham bezarar, ham ekologik toza libos uchun material bo‘la oladi.

Qizil rodiola ko‘p yillik o‘simlik bo‘lib, xalq tabobatida tog‘ kasalliklari va kislorod yetishmovchiligi bilan bog‘liq holatlarni davolashda ishlatiladi. Mo‘g‘illar uning ildiz qismidan qaynatma va turli damlamalar tayyorlaydi. Ushbu malhamlardan diareya, vasvos, bosh og‘rig‘i, qandli diabet, kamqonlik, o‘pka sili, tish og‘rig‘i, bezgak, jigar, oshqozon, asab va boshqa kasalliklarni davolashda, charchoqni oldini olish va ish layoqatini oshirishda tetiklashtiruvchi vosita sifatida foydalanib kelinadi.

Chirildoq(sikada) to‘liq o‘txo‘r hasharot hisoblanadi. Ular o‘simlik ildizlari va nektarlari bilan oziqlanadi. Shuning uchun xalq tabobatida ulardan shifobaxsh dorilar tayyorlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiyaliklar qo‘chqor quyrug‘iga qiziqib qolishdi