13:01 / 06.06.2018
6 500

Amerikalik ayol ikki boshli ilonni asrab oldi

Amerikalik ayol ikki boshli ilonni asrab oldi
Biologiyaga qiziquvchi amerikalik ayol do‘stining hovlisidan ikki boshli ilon topib olib, uni uyiga olib ketdi. Bu haqda Inside Edition portaliga tayanib Daryo xabar bermoqda.

Tani Yanush topib olgan jonivorning yoshi o‘n oylik bo‘lib, uzunligi 30 santimetrga yetadi. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, ilonning ikkita boshi ko‘pincha turli tomonlarga sudralib ketishga urinib, o‘zaro kurashadi.

Yanushning fikricha, ilon yovvoyi tabiatda halok bo‘lgan bo‘lardi, chunki u juda sekin sudraladi.

Ayolning uyida ikki boshli ilondan tashqari, yana yettita ilon, baqa, suvarak, qirqoyoq, tipratikan, qushlar, it va mushuklar hamda boshqa hasharotlar yashaydi, ularning barchasini ko‘chadan topib olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik ayol ikki boshli ilonni asrab oldi