17:30 / 07.06.2018
3 781

Afg‘oniston ulamolari zo‘ravonlik va xudkushlarga qarshi fatvo chiqardi

Afg‘oniston ulamolari zo‘ravonlik va xudkushlarga qarshi fatvo chiqardi
Afg‘oniston ulamolari xudkushlar hujumi va zo‘ravonlikning boshqa ko‘rinishlariga qarshi fatvo chiqardi. Bu haqda «Tolo» telekanali xabar bermoqda, deb yozadi Daryo.

Mazkur tashabbusni mamlakat prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani qo‘llab-quvvatladi va fatvo hukumat tomonidan ma’qullanishini ma’lum qildi.

Prezident qabul qilingan fatvoda xudkushlar hujumi va portlashlarni qo‘llash bilan bog‘liq qo‘poruvchilik, zo‘ravonlik va ekstremizmning boshqa shakllari islom e’tiqodi me’yorlari va huquqiga zid ekanligi bilan birga Afg‘onistondagi urush noqonuniy deb atalganligiga e’tibor qaratdi.

Ulamolar uchrashuvi Kobulda 4 iyun kuni bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ikki mingdan ortiq kishi ishtirok etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘oniston ulamolari zo‘ravonlik va xudkushlarga qarshi fatvo chiqardi