18:43 / 07.06.2018
4 479

Timsoh hayvonlarni himoya qilish qo‘mitasi xodimini nokautga uchratdi (video)

Timsoh hayvonlarni himoya qilish qo‘mitasi xodimini nokautga uchratdi (video)
AQSh ning Florida shtatidagi Okoi shahar ko‘chalarida sayr qilib yurgan timsohni politsiyachilar va yovvoyi tabiatni himoya qilish qo‘mitasi xodimlari olib ketishga harakat qilishdi, deb xabar berdi Darakchi nashri.

Mazkur voqeani mahalliy aholi vakillaridan biri videoga oldi. Okoi ko‘chalarida sayr qilib yurgan timsoh uni ushlamoqchi bo‘lgan odamlardan qochib, xususiy uylardan biriga kirdi. Uzoq qarshiliklardan so‘ng qo‘lga olingan timsoh mashinaga ortilayotganda dumi bilan hayvonlarni himoya qilish qo‘mitasi xodimining yuziga urdi.

Kutilmagan zarbadan himoyachi yerga yiqilib hushini yo‘qotdi. U birozdan keyin o‘ziga keldi. Bir amallab yana mashinaga ortilgan timsoh shahar tashqarisidagi ko‘lga qo‘yib yuborildi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Timsoh hayvonlarni himoya qilish qo‘mitasi xodimini nokautga uchratdi (video)