08:02 / 08.06.2018
3 575

4 yoshli velosipedchi qiz internet yulduziga aylandi (video)

4 yoshli velosipedchi qiz internet yulduziga aylandi (video)
4 yoshli velosipedchi qiz Roda Jons internet yulduziga aylandi. Registrator tasvirga olgan videoni uning ota-onasi Twitter’ga joylagan.

Videoda Rodaning velosiped haydab ketayotgani aks etgan. To‘satdan yo‘lda paydo bo‘lgan yuk mashinasi kichkina velosipedchini ko‘rib, darhol tezligini kamaytiradi va uning oldidan ehtiyotkorona o‘tib ketadi. Qiz esa bosh barmog‘ini ko‘rsatib yuk mashina haydovchisiga minnatdorchilik bildiradi.

«Biz velosipedchilar atrofida bo‘ladigan dahshatli yo‘l-transport harakati aks etgan juda ko‘p videolarni tarmoqda ulashganmiz. Redbro okrugidan o‘tgan yuk mashinasi haydovchisining sabrliligi va ehtiyotkorligi, shuningdek, Rodaning javobi tarmoqda ommalashishga loyiq. Biz haydovchining shaxsan o‘ziga minnatdorchilik bildirdik», — deya Rodaning oilasi videoni izohlagan.

Video sanoqli kunlar ichida foydalanuvchilar tomonidan 800 ming marta ko‘rilgan. Foydalanuvchilar qayergadir shoshgancha jiddiy qiyofa bilan velosiped haydab ketayotgan qizga mahliyo bo‘lish bilan birgalikda, uning yo‘lda o‘zini tutishini maqtovlarga loyiq topgan. Video ostida sobiq yuk mashina haydovchisi ham izoh qoldirgan: «yuk mashinasining sobiq haydovchisi sifatida bunday holatni ko‘rish meni quvontiradi. Men bir qancha kompaniyalarda ishlaganman, ularning ayrimlari velosipedchilar xavfsizligi masalasida juda e’tiborli edi, biroq hozir bunday munosabatni kamdan-kam uchratish mumkin».

Rodaning oilasi velosipeddagi sayohatlar haqida blog yuritadi. Tom va Keti hamda ularning uch nafar farzandi velosiped sportiga qiziqadi. O‘zlarining hayoti haqida ular Familiy ByBycle sayti va Twitter’da hikoya qiladi. Oilaning Twitter’da ikki yarim mingta obunachisi bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 4 yoshli velosipedchi qiz internet yulduziga aylandi (video)