13:30 / 08.06.2018
5 103

Birinchi xonim prezidentni ham ortda qoldirdi

Birinchi xonim prezidentni ham ortda qoldirdi
Foto:«Opinion.al»
Fransiyaning birinchi xonimi Brijit Makron turmush o‘rtog‘i Emmanuel Makrondan ham mashhur bo‘lib ketdi. Bu haqda «Paris match» jurnali ma’lumotlariga tayanib «Xabar» nashri ma’lum qilmoqda.

Nashrning yozishicha, «Ifop» ijtimoiy so‘rovi natijalariga ko‘ra 67 foiz fransiyaliklar Brijit Makronni qo‘llab-quvvatlaydi. Prezident tarafdorlari esa 43 foiz.

Bu fransiyaliklar uchun oddiy holat. Nikolya Sarkozi prezident bo‘lgan paytda ham aholi davlat rahbaridan ko‘ra ko‘proq uning turmush o‘rtog‘i, qo‘shiqchi va aktrisa Karla Bruniga xayrixoh bo‘lgan. 2008 yili fransuzlarning Sarkoziga xayrixohligi 37 foiz bo‘lgan bo‘lsa, o‘shanda Bruni 68 foiz ovoz to‘plab, eridan ham mashhur bo‘lib ketgan edi.

Brijit Makron turmush o‘rtog‘idan 24 yosh katta. U ko‘proq yoshlar o‘rtasida mashhur (respondentlarning 75 foizi 35 yoshgacha). Xuddi shunday katta yoshdagilar ham uni ardoqlashadi (respondentlarning 74 foizi 65 yoshdan yuqori).

Ijtimoiy so‘rov yakunlariga ko‘ra, Brijitni saylovchilar ham ardoqlashar ekan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Birinchi xonim prezidentni ham ortda qoldirdi