19:30 / 09.06.2018
4 490

Kattaligi tennis to‘pidek keluvchi do‘lni ko‘rganmisiz? (foto)

Kattaligi tennis to‘pidek keluvchi do‘lni ko‘rganmisiz? (foto)
Juma, 8 iyun kuni, Sloveniyada po‘rtana kuzatildi, uning davomida kattaligi tennis to‘pidek keluvchi do‘l yog‘di. Bu haqda Kun.uz mahalliy nashrga tayanib xabar bermoqda.

Eng yomon vaziyat Xorvatiya bilan chegarada, Bela kraina provinsiyasida kuzatilgan.

U yerda kattaligi tennis to‘pidek keluvchi do‘l yog‘gan bo‘lib, u avtomobillar va tomlarga zarar yetkazdi hamda qishloq xo‘jaligi ekinlarini yo‘q qilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan fotosuratlarga ko‘ra, atigi 15-20 daqiqa davomida yog‘gan do‘lning diametri 8-10 santimetr bo‘lgan.

Ekspertlar so‘zlariga ko‘ra, bu noodatiy po‘rtana bo‘lib, u bir yilda bir necha marotaba kuzatiladi.





arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kattaligi tennis to‘pidek keluvchi do‘lni ko‘rganmisiz? (foto)