18:39 / 10.06.2018
4 387

“S919” rusumidagi samolyot dunyoni lol qoldirdi

“S919” rusumidagi samolyot dunyoni lol qoldirdi
Xitoylik mutaxassilar tomonidan “S919” rusumidagi samolyot yaratildi. Ta’kidlash kerakki, samolyot sinovi muvaffaqiyatli o‘tdi. Barcha texnik sinovlar muvaffaqiyatli o‘tganidan so‘ng samolyot rasman foydalanishga topshiriladi.

Xitoy katta bozor bo‘lib, mamlakat aholisi muntazam o‘sib bormoqda. Iqtisodiyoti barqaror bo‘lib, xalq farovonligiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu o‘z navbatida yangi samolyotlarga talabning oshib borishiga sabab bo‘ladi. So‘nggi vaqtlarda Xitoyda fuqoro aviatsiyasi rivoji uchun katta qadamlar tashlandi.

Ayni damda jahon ommaviy axborot vositalarining e’tibori Xitoyga qaratildi. Xitoylik mutaxassislar tomonidan yaratilgan ilk yo‘lovchi samolyoti keng jamoatchilik e’tiboriga xavola etilmoqda. Muxbirlarning xabar qilishicha, S919 samolyotiga qiziqish katta bo‘lmoqda. “Bu Xitoy fuqoro aviasozligi taraqqiyoti yo‘lida muhim qadam bo‘ldi”, deydi mamlakat Fuqoro Aviatsiyasi boshqarmasi rahbari Li Szyasyan. Uning aytishicha, shu kunga qadar Xitoy samolyotlarni asosan import qilardi, endilikda esa mazkur muammo qisman xal qilinadi.

Har yili Airbus va Boeing komapaniyalari yangi samolyotlarga bo‘lgan ehtiyojlarni o‘rganib chiqib, o‘z prognozlarini beradi. 2009 yilda “Boing” va “Aerobus” kompaniyalari jahon aviatsiya bozoridagi yaqin 20 yillik yo‘nalishga bag‘ishlangan Hisobotni e’lon qilgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, har ikki kompaniyaning jahon aviabozoridagi vaziyatga bag‘ishlangan prognozlari deyarli bir xil bo‘lib chiqdi. Mazkur kompaniyalarnning fikricha, Xitoy iqtisodiyotidagi barqaror rivojlanish bozor talabining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Taxminlarga ko‘ra, 2029 yilgacha bo‘lgan muddatda Xitoy ehtiyojlari uchun 3 ming 689 — 3 ming 800tagacha yangi samolyotlar kerak bo‘ladi. Bu o‘z navbatida mamlakatning o‘zida yo‘lovchi samolyotlarini ishlab chiqarish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Shu sababli yirik yo‘lovchi samolyotlarini ishlab chiqarish Xitoy oldida turgan strategik maqsadlardan biri bo‘lishi shubhasiz. Osmon osti mamlakatida zamonaviy aviatsiya sanoati paydo bo‘lganidan keyin asosiy e’tibor mudofaa masalalariga qaratib kelinardi. Shu o‘rinda jahon aviatsiya sanoati kompaniyalari ham yo‘lovchi, ham harbiy samolyotlar ishlab chiqarishini eslatib o‘tish kerak. “Boing” ham, “Aerobus” ham harbiy samolyot ishlab chiqaradi, ko‘plab mamlakatlar o‘zlarining harbiy qudratini mustahkamlash maqsadida bu kompaniyalardan xarbiy samolyotlar xarid qiladi.

O‘tgan asrning 50-yillarida Mao Szedun “Xitoy katta mamlakat. Biz barcha mahsulotlarni ishlab chiqara olmaymiz. Ammo samolyot va avtomobillarga o‘xshash mahsulotlar ham borki, biz bu kabi mahsulotlarni albatta ishlab chiqarishimiz kerak”, degan edi. S919 rusumidagi samolyotlarning ishlab chiqarishga kirishilayotgani ana o‘sha gaplarning ro‘yobga chiqayotganidan dalolat beradi.

Ma’lumki, samolyot Shanxay yaqinidagi Pudun zavodi sexlarida yig‘ildi. Mazur samolyotning yaratilishida 200 mingga yaqin kishi ishtirok etdi. Shuni ta’kidlash kerakki, S919 samolyotini yaratishda xitoylik mutaxassislar xorijlik hamkasblari bilan yaqindan hamkorlik qilishdi. Loyihada jahondagi 30dan ortiq aviakosmik kompaniyalar vakillari qatnashdi.

Mazkur samolyot 2018 yildan boshlab esa yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish boshlanadi. Bu haqda Tijorat samolyotlari korporatsiyasi Boshqaruvi raisi Szin Chjuanlun ma’lum qildi. S919 samolyotidan ichki yo‘nalishlarda foydalanish aytilmoqda. Samolyot bir vaqtning o‘zida 158 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsata oladi. U 4 ming75 kilometr masofagacha parvoz qiladi. Biroq 5 ming 555 kilometrgacha parvoz qilish imkoniyatlari haqida ham aytilmoqda. Xavfsizlik, shinamlik, ekologik tozaligi va tejamkorligi nuqtai nazaridan S919 boshqa samolyotlar bilan bemalol raqabatlasha olishi haqida bayonot berildi. Ayni damda mamlakat va xorijiy aviakompaniyalardan 517 ta samolyot uchun buyurtma tushgani ma’lum qilindi.

Sharofiddin To‘laganov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “S919” rusumidagi samolyot dunyoni lol qoldirdi