16:26 / 11.06.2018
5 196

Dubay politsiyachilari tashkil qilgan iftorlik Ginness rekordlari kitobiga kirdi

Dubay politsiyachilari tashkil qilgan iftorlik Ginness rekordlari kitobiga kirdi
Dunyodagi eng katta ko‘lamli iftorlik Dubayda tashkil qilindi, u Ginness rekordlari kitobiga kiritildi, deb yozadi «Daryo».

Og‘iz ochish uchun tayyorlangan noz-ne’matlar 6 kilometr uzunlikdagi dasturxonga tortildi.

Aksiyani mahalliy politsiyachilar uyushtirdi, ular Hindiston, Shri-Lanka va boshqa Osiyo davlatlaridan kelgan ishchilarga ovqat berishga qaror qilgan. Iftorlikka qariyb 13 ming kishi yig‘ildi.

Tadbirga tayyorgarlik 200 soat davom etdi. Iftorlik uchun 500 ko‘ngilli mehnat qildi. Yeguliklarni 35 ta restoran tayyorladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dubay politsiyachilari tashkil qilgan iftorlik Ginness rekordlari kitobiga kirdi