20:56 / 15.06.2018
7 026

Olimlar AQSh yadro quroli haqida kutilmagan xulosa berishdi

Olimlar AQSh yadro quroli haqida kutilmagan xulosa berishdi
AQSh tomonidan yadro qurolini boshqa davlatga qarshi ishlatilishi amerikaliklarning o‘ziga zarar yetkazadi. Michigan texnologiyalar universiteti tadqiqotchilari shunday xulosaga kelishdi, deb yozmoqda Kun nashri.

Portal o‘zaro kafolatlangan yo‘q qilish (ingliz. Mutually Assured Destruction) doktrinasi haqida eslatgan, bunda ziddiyatga kirgan ikki tomon yadro qurolini bir-biriga qarshi qo‘llaydi. Bunday variant ahmoqona va har ikki tomon uchun «o‘z joniga qasd qilish» bilan barobar ekani aytilgan.

Michigan universiteti olimlari boshqa, ancha «ijobiyroq» ssenariyni ko‘rib chiqishdi. Bunda davlat raqibga yadro zarbasi beradi, ammo javob olmaydi. AQSh misol sifatida olingan. Tadqiqotchilarning xulosasiga ko‘ra, mamlakat bunday holatda ham javob zarbasini oladi - ekologiya ziyon ko‘radi.

Ularning hisob-kitoblariga ko‘ra, agarda AQSh 7 mingta yadroviy jangovar kallakni uchirsa, unda yadroviy qish kelishi va ocharchilik yuz berishi tufayli taxminan 5 mln amerikalik halok bo‘ladi. Mingta jangovar kallak bo‘lsa - taxminan 140 ming amerikalik. Aniq salbiy oqibatlardan qochish ham mumkin, biroq bunda 100tadan ko‘p bo‘lmagan jangovar kallakni qo‘llash talab etiladi, deb hisoblaydi olimlar.

Ammo, aholining ocharchilik, yadroviy zarba oqibatlari sabab halok bo‘lishidan tashqari, bu zo‘ravonlik hamda namoyishlarga olib kelishi mumkin, deya qayd etadi Amerika universiteti xodimlari.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp dunyo yadro halokatidan bir qadam uzoqlashgani haqida ma’lum qilgandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar AQSh yadro quroli haqida kutilmagan xulosa berishdi