23:20 / 15.06.2018
5 002

Tramp: "Qrimni Obama yo‘qotdi"

Трамп: "Қримни Обама йўқотди"
AQSh prezidenti Donald Trampning ma’lum qilishicha, avvalgi davlat rahbari Barak Obama «Qrimni yo‘qotgan». Tramp bu haqda Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, Qrimning Rossiya tarkibiga kirishi «uning aybi emas», hamda bu u lavozimiga kirishishidan ancha avval yuz bergan.

«Qrimni prezident Obama yo‘qotdi, sababi Rossiya rahbari Vladimir Putin uni hurmat qilmagan. U nega pozitsiyasidan chekinganini esa bilmayman», - deya aytib o‘tdi Tramp.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ukrainalik general Rossiya hammasini qaytarishi haqida ma’lum qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp: "Qrimni Obama yo‘qotdi"