11:26 / 16.06.2018
3 523

Shvetsiyada gadoychilik bilan shug‘ullanish uchun litsenziya joriy qilinadi

Shvetsiyada gadoychilik bilan shug‘ullanish uchun litsenziya joriy qilinadi
Shvetsiyaning Eskilstuna shahri kengashi gadoychilik qilishga taqiqlov kiritishga ovoz berdi. Endilikda shahar ko‘chalari va maydonlarida “pul yig‘ish bilan shug‘ullanuvchilar” politsiyada tegishli ruxsatnoma olishlari kerak bo‘ladi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.

Shu bilan birga gadoychilikka litsenziya kiritilishiga qarshi chiqqanlar ham topildi. Ularning fikricha, bu g‘oya gadoychilikni oddiy holatga aylantiradi.

Yangi chora oktyabrdan kuchga kirishi kerak, biroq ushbu tashabbus ma’muriy sud tomonidan hali bekor qilinishi mumkin. Xuddi shunday me’yor Shvetsiyaning boshqa bir shahri Vellingda fevralda joriy qilingan.

Ma’lum qilinishicha, Shvetsiyadagi gadoylarning aksariyati Sharqiy Yevropaning kam rivojlangan davlatlaridan kelgan muhojirlar, asosan Ruminiya va Bolgariyadan kelgan lo‘lilar hisoblanadi. Hozirda ularni Shvetsiyaning deyarli barcha aholi punktlarida uchratish mumkin.

Shvetsiyada gadoychilikka qonunan taqiqlov kiritish bo‘yicha bir necha yildan beri qizg‘in bahs olib boriladi. Bu orada qo‘shni Norvegiya va Daniyada bunday taqiqlovlar joriy qilib bo‘lingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shvetsiyada gadoychilik bilan shug‘ullanish uchun litsenziya joriy qilinadi