09:27 / 17.06.2018
4 273

Xitoyda osmondan qisqichbaqalardan tortib sakkizoyoqlargacha “yog‘ildi” (foto)

Xitoyda osmondan qisqichbaqalardan tortib sakkizoyoqlargacha “yog‘ildi” (foto)
Internetda Xitoyning Sindao shahri aholisi tomonidan olingan antiqa suratlar paydo bo‘ldi. Bu yerda kuzatilgan “Eviniar” to‘foni sohil bo‘yida joylashgan shahar ko‘chalariga qisqichbaqalardan tortib sakkizoyoqlargacha bo‘lgan turli dengiz jonzotlarini “yog‘dirdi”. Bu haqda Kun nashri ma’lum qildi.

Suratlardan avtomobillarning old oynalari va elektr uzatish liniyalarida sakkizoyoqlar, qisqichbaqalar va dengiz yulduzlarini ko‘rish mumkin.

Foto: AsiaWire

Foto: AsiaWire
Ushbu hodisa Xitoy ijtimoiy tarmoqlaridagi asosiy mavzulardan biriga aylandi. Foydalanuvchilar to‘fon “eltgan” delikateslar suratlari bilan bo‘lisha boshlashgan.

Foto: AsiaWire
Ba’zi omadlilar esa o‘zgacha taomni tanlash imkoniga ega bo‘ldilar, chunki to‘fon ularga pullar “keltirgan”.

Foto: AsiaWire
Turli jonzotlardan iborat “yomg‘irlar” dunyoning ko‘plab davlatlarida kuzatilgan noyob meteorologik hodisadir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda osmondan qisqichbaqalardan tortib sakkizoyoqlargacha “yog‘ildi” (foto)