11:26 / 17.06.2018
6 478

Xitoydagi ko‘lda sirli mavjudot suzib yurgani tasvirga olindi (video)

Xitoydagi ko‘lda sirli mavjudot suzib yurgani tasvirga olindi (video)
Xitoydagi Kanas ko‘li bo‘yida joylashgan yovvoyi tabiat bog‘ining xodimi Van Sinan ko‘lda anchagina katta o‘lchamga ega sirli mavjudot suzib yurganini videoda qayd qilgan. Bu haqda Kun.uz nashri ma’lum qilmoqda.

Sinanning ta’kidlashicha, u bir qismi suv ustida ko‘ringan mahluqni kuzatgan.

“Men bu to‘lqinlar bo‘lgan deb o‘ylamayman, chunki ular oqimga qarshi harakatlangan”, deb aytgan u muxbirlarga.

Bog‘ direktori Sun Szidanning taxmin qilishicha, videoga ko‘lda yashovchi yirik dengiz jonzotlaridan biri muhrlangan.

Ma’lum qilinishicha, may oyida bir necha sayyohlar ko‘lda suv ostida sekin harakatlanayotgan mavjudotni ko‘rishganini ta’kidlashgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoydagi ko‘lda sirli mavjudot suzib yurgani tasvirga olindi (video)