12:27 / 17.06.2018
4 836

AQSh Shimoliy Koreyaga 47 ta talab qo‘ydi

АҚШ Шимолий Кореяга 47 та талаб қўйди
AQSh Shimoliy Koreyaning to‘liq yadroviy qurolsizlantirilishi bo‘yicha kelishuv doirasida Pxenyanga 47 ta banddan iborat talablarni qo‘ydi. Bu haqda Yaponiya tashqi ishlar vaziri Taro Kononing intervyusiga iqtibos keltirgan holda Kun nashri xabar berdi.

Kononing aytishicha, AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo Vashington “to‘liq yadroviy qurolsizlantirish” deganda yadroviy va ommaviy qirg‘in qurollarining boshqa turlari hamda raketalar va tegishli ob’ektlarning yo‘q qilinishini nazarda tutishini Shimoliy Koreya e’tiboriga yetkazib qo‘ygan.

“Shu bilan bog‘liq holda Shimoliy Koreyaga 47 ta banddan iborat talablar qo‘yilgan. Agar talablar bajarilmasa, unda Shimoliy Koreyaga nisbatan kiritilgan sanksiyalar bekor qilinmaydi”, deb aytgan Kono.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSh Shimoliy Koreyaga 47 ta talab qo‘ydi