18:27 / 19.06.2018
5 223

Donald Tramp rekord o‘rnatdi

Donald Tramp rekord o‘rnatdi
Amerikaliklarning 45 foizi prezident Donald Trampning faoliyatidan mamnunligini va uni ma’qullashlarini ma’lum qilishdi. Bu haqda «Gallup poll» tadqiqotlar agentligi o‘tkazgan so‘rov natijasidan bilib olish mumkin. Bu uning ushbu lavozimni egallaganidan buyon eng yaxshi ko‘rsatgichdir. Bu haqda «Xabar» nashri ma’lum qilmoqda.

Uning faoliyatini ma’qullaganlarning 90 foizi respublikachilardir. Ushbu natijaga qaramasdan Trampning demokratlar orasida ham qo‘llab-quvvatlashga erishish imkoni kamroq.

Agentlik, shuningdek, Trampning lavozimga kirishganidan buyon to‘plagan reytingi o‘zidan oldingi prezidentlarnikidan ancha past bo‘lganini ma’lum qilgan. So‘rov 11 — 17-iyun kunlari telefon orqali o‘tkazilgan. Unda 1511 kishi qatnashgan.

Avvalroq taniqli sotsiolog, «Zogby International Poll» jamoatchilik fikrini o‘rganish firmasi asoschisi Jon Zogbi amerikaliklarning deyarli yarmi Trampning iqtisodiy siyosatini, 40 foizi esa tashqi siyosatini ma’qullashini aytgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Donald Tramp rekord o‘rnatdi