19:57 / 19.06.2018
4 996

Kim Chen In Putinga nima haqida yozgani ma’lum bo‘ldi

Kim Chen In Putinga nima haqida yozgani ma’lum bo‘ldi
Rossiya prezidentining tashqi siyosat bo‘yicha yordamchisi Yuriy Ushakov so‘zlariga ko‘ra, KXDR yetakchisi Kim Chen Indan Vladimir Putinga topshirilgan maktubda oliy darajada aloqalarni muntazam ravishda ushlab turish haqida gap borgan. Bu haqda Kun nashri xabar bermoqda.

Ushakovning so‘zlariga ko‘ra, maktubda har ikki yetakchining ehtimoliy uchrashuvi bo‘yicha ma’lumot bo‘lmagan.

«U yerda biz oliy darajada aloqalarni ushlab turishimiz haqida aytilgan», - deya ma’lum qildi Ushakov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDR vakili Putinga Kim Chen Indan maktub bergani xabar qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kim Chen In Putinga nima haqida yozgani ma’lum bo‘ldi