00:16 / 21.06.2018
6 301

2020 yili Tojikistonda davlat to‘ntarishi uyushtirilishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi

2020 yili Tojikistonda davlat to‘ntarishi uyushtirilishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi
Foto: «News.tj »
18 iyun, dushanba kuni Tojikistonda namoyish etilgan «Ko‘rinmas ildizlar» hujjatli filmida diniy rahnamo Said Qiyomiddin G‘oziy mamlakatda taqiqlangan Islom uyg‘onish partiyasi Eron tomonidan moliyalashtirilishini aytgan. Bu haqda SNG Today'ga tayanib Daryo ma’lum qilmoqda.

Said Qiyomiddin G‘oziy ko‘pchilikka Tojikistonda 90 yillarda yuz bergan fuqarolik urushi orqali tanish. G‘oziyning aytishicha, Tehron partiyaning hukumat tepasiga kelishi uchun hamma narsa qilishga tayyordir.

Shuningdek, G‘oziy partiya 2020 yili davlat to‘ntarishini amalga oshirishni rejalashtirayotganini ham aytgan. 2020 yili Tojikistonda parlament, so‘ngra prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Tojikiston hukumati Tehronni mamlakatdagi rasmiy tuzumga qarshi faoliyat olib borishda bir necha marotaba ayblagan. Mamlakatning bir qancha siyosat va jamoat arboblariga nisbatan uyushtirilgan suiqasdlarni moliyalashtirishda ham aynan Eron ayblangan.

Iqtisodchi, Tojikiston parlamenti ekologik komissiyasi raisi Olimjon Boboyevning fikricha, Eron o‘zining islom inqilobini dunyoga yoyish g‘oyasini amalga oshirish uchun Tojikistonni tanlagan.

Tojikiston bilan aloqalarni mustahkamlamoqchi bo‘lgan Eron bu borada hech qanday natijaga erisha olmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 2020 yili Tojikistonda davlat to‘ntarishi uyushtirilishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi