13:28 / 21.06.2018
4 853

Toliblar yarashuv rejimiga javoban harbiy bazani qo‘lga oldi va 30 nafar askarni o‘ldirdi

Toliblar yarashuv rejimiga javoban harbiy bazani qo‘lga oldi va 30 nafar askarni o‘ldirdi
«Tolibon» harakati a’zolari Afg‘oniston shimoli-g‘arbidagi Badg‘is viloyatida harbiy bazani egallab oldi. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib Daryo xabar bermoqda.

Toliblar 20 iyun, chorshanba kuni erta tongda ikkita blokpostga hujum qildi. Shundan so‘ng ular harbiy bazaga bir vaqtning o‘zida bir nechta tomondan hujum qildi. Jangarilarga qarshi kurash bir necha soat davom etgan, biroq hujum oqibatida 30 nafar askar o‘ldirilgan, ob’ekt egallangan.

Shu bilan bir paytda to‘qnashuvlar davomida viloyatda 15 nafar tolib yo‘q qilingan, bundan tashqari yana to‘rt nafar harbiy halok bo‘lgan. Mahalliy kengash rahbari Abdulazizbekning ma’lum qilishicha, hujum oldindan tayyorlangan, jangarilar razvedkani o‘tgan yarashuv rejimi vaqtida amalga oshirgan.

Avvalroq toliblar 17 yilda ilk bor yarashuv haqida e’lon qilgan edi. Afg‘oniston rasmiylari tomonidan 11 iyundan 19 iyunga qadar e’lon qilingan yarashuv rejimi keyinroq yana 10 kunga uzaytirilgan edi. Har ikkala tomon hujum amalga oshirilgan taqdirda javob qaytarishga so‘z bergan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Toliblar yarashuv rejimiga javoban harbiy bazani qo‘lga oldi va 30 nafar askarni o‘ldirdi