00:30 / 22.06.2018
5 362

Suriyalik qiz konserva bankasidan yasalgan “protez oyoq” bilan maktabga boryapti

Suriyalik qiz konserva bankasidan yasalgan “protez oyoq” bilan maktabga boryapti
Chaqaloqligida kasallik tufayli tizzasining pastidan ayrilgan suriyalik 8 yoshli Maya Meriga otasi plastmassa quvurlar va konserva bankalaridan “protez oyoq” yasab berdi. Qizaloq ana shu oyoq bilan maktabga qatnayapti, deb yozadi “Anado‘li”ga tayanib "Azon" nashri.

Mayaning oilasi urushdan qochib, Idlibdagi bir lagerga joylashgan. Ular “Sar Jabla” lagerida gumanitar tashkilot bergan chodirda yashaydi.

Maya lagerdan 300 metr narida joylashgan maktabda o‘qiydi. Qo‘lbola protez og‘riq bergani uchun ba’zan maktabda sudralib borishiga to‘g‘ri keladi.

Qizaloqning yagona orzusi yura olish va maktabga chang-tuproqqa qorishmay borish. Buning uchun esa risoladagidek protezga ehtiyoji bor.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Suriyalik qiz konserva bankasidan yasalgan “protez oyoq” bilan maktabga boryapti