09:58 / 23.06.2018
3 529

Tramp Shimoliy Koreyaga qarshi amalda bo‘lgan sanksiyalar muddatini yana 1 yilga uzaytirdi

Tramp Shimoliy Koreyaga qarshi amalda bo‘lgan sanksiyalar muddatini yana 1 yilga uzaytirdi
Amerika va Shimoliy Koreya rahbarlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv, kelishuvlar negadir samara bermagandek tuyulyapti. Donald Tramp rasmiy Pxenyanga qarshi shu kungacha qo‘llanib kelingan sanksiyalarni yana 1 yilga uzaytirish haqida qaror qabul qildi. Bu sanksiyalar 2008, 2010, 2011, 2015, 2017 yillardagi farmonlar asosida qo‘llab kelingan.

Sanksiyalarning barchasi Shimoliy Koreyaga tegishli yadro va raketa dasturiga qarshi qaratilgan. Trampning aytishicha, qachonki Kim Chen In yadroviy dasturlarni yuz foiz yo‘q qilsa, o‘shandagina sanksiyalar bekor qilinishi mumkin. Shimoliy Koreya rahbari hozircha Trampning bu qaroriga nisbatan hech qanday fikr bildirmadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Shimoliy Koreyaga qarshi amalda bo‘lgan sanksiyalar muddatini yana 1 yilga uzaytirdi