07:01 / 25.06.2018
4 643

«Taxtlar o‘yini» yulduzlari Kit Xarington va Rouz Lesli turmush qurdi

«Taxtlar o‘yini» yulduzlari Kit Xarington va Rouz Lesli turmush qurdi
HBO telekanalining «Taxtlar o‘yini» serialida ijro etgan rollari orqali butun dunyoga mashhur bo‘lgan aktyor Kit Xarington va aktrisa Rouz Lesli turmush qurdi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

Kit Xarington serialning asosiy qahramonlaridan biri Jon Snou rolini ijro etgan. Rouz Lesli uning mahbubasi Igritt roli bilan tanilgan.

To‘y Shotlandiyaning Aberdinshir viloyatida bo‘lib o‘tdi — Lesli o‘sha viloyatda tug‘ilib o‘sgan. Inveruri cherkovida yoshlarga nikoh o‘qildi. Marosimda serialning boshqa yulduzlari — Piter Dinkleyj, Meysi Uilyams, Sofi Tyorner va Emiliya Klarklar ishtirok etdi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Taxtlar o‘yini» yulduzlari Kit Xarington va Rouz Lesli turmush qurdi