16:44 / 25.06.2018
4 784

Eronlik muxlislar Ronalduga uyqu berishmadi (video)

Eronlik muxlislar Ronalduga uyqu berishmadi (video)
JCh-2018 guruh bosqichining 3-turidan o‘rin olgan Portugaliya va Eron terma jamoalari uchrashuvidan oldiin eronlik muxlislar Portugaliya terma jamoasi qo‘nim topgan mehmonxona oldida, tuni bilan shovqin-suron ko‘tarib, raqib futbolchilarining uyqusiga xalal berishgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda ko‘rinishicha, tinchi buzilgan Ronaldu ham derazadan ularga murojaat qilib, uxlash imkoniyatini berishlarini so‘rab, ishora qilgan.

Eslatib o‘tamiz, JCh-2018 guruh bosqichining 3-turidan o‘rin olgan Portugaliya va Eron terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bugun bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:00da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eronlik muxlislar Ronalduga uyqu berishmadi (video)