22:22 / 25.06.2018
5 385

AQShda 4 dollar o‘g‘irlagan erkak umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

AQShda 4 dollar o‘g‘irlagan erkak umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi
Floridalik erkak o‘g‘irlik vaqtida sodir etgan qotilligi uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda The Florida Times-Union’ga tayanib, Daryo xabar qilmoqda.

Qotillik 2015 yil iyulda sodir etilgan. Tergov ma’lumotlariga qaraganda, Riversayd okrugidagi Blind Rabbit baridan axlat olib chiqayotgan 20 yoshli Daniel Rouga o‘g‘rilar hujum qilgan. Floridalik Koulmanning so‘zlariga qaraganda, u pistolet yordamida Rouni faqatgina qo‘rqitmoqchi bo‘lgan. Bu vaqtda uning sherigi Xenford yigitning karmonini olib qo‘yayotgan edi. Natijada Koulman yigitning boshiga 2 marta o‘q uzgan.

Eng qizig‘i shundaki, qotillik sodir etgan jinoyatchilar Rouning karmonida bor-yo‘g‘i 4 dollar bo‘lganini aniqlagan.

Jinoyat bo‘yicha sud hukmi 21 iyun, payshanba kuni e’lon qilingan. Devont Xenford 20 yil-u 7 oyga qamoqqa olingan. Qotillik sodir etgan 27 yoshli Erron Koulman esa umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan.

Sud qaroriga asosan, Koulmanga e’lon qilingan hukm qamoq muddatining ma’lum qismi o‘tab bo‘linganidan keyin ham qayta ko‘rib chiqilmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQShda 4 dollar o‘g‘irlagan erkak umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi