10:27 / 26.06.2018
3 789

Kiyevda Liviyalik diplomatning o‘g‘lini noma’lum kimsalar o‘g‘irlab ketdi

Kiyevda Liviyalik diplomatning o‘g‘lini noma’lum kimsalar o‘g‘irlab ketdi
Ma’lum qilishlaricha, Ukraina poytaxti Kiyev shahrida kecha kuppa-kunduzi Liviya elchixonasidagi moliyaviy ishlar bo‘yicha yetuk mutaxassisning 1992 yili tavallud topgan o‘g‘lini noma’lum kimsalar o‘g‘irlab ketgan. Ba’zi tasodifiy guvohlarning gapiga qaraganda, diplomatning o‘g‘lini shubhali mashinada kelgan bir necha erkaklar to‘xtatishgan-u, kuch bilan mashina saloniga o‘tqazib, noma’lum tarafga olib ketishgan. Shu kuniyoq Kiyev ichki ishlar xodimlari maxsus qo‘lga olish operatsiyasini tashkil etishdi. Ayni paytda shahar bo‘yicha taxmin qilingan mashina qidirilmoqda. Ukraina hukumat rahbarlari o‘g‘rilar bugunoq topilishiga ishonch bildirishdi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kiyevda Liviyalik diplomatning o‘g‘lini noma’lum kimsalar o‘g‘irlab ketdi