17:57 / 26.06.2018
5 886

Neymarning singlisi hushini yo‘qotib, qo‘lini shikastladi (FOTO)

Neymarning singlisi hushini yo‘qotib, qo‘lini shikastladi (FOTO)
Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymarning singlisi Rafaella Bekran Kosta-Rikaga qarshi bahs vaqtida hushini yo‘qotib, qo‘lini shikastladi. Bu haqda Sports.uz nashri xabar bermoqda.

Braziliya va Kosta-Rika o‘rtasidagi bellashuv Sankt-Peterburgdagi shu nomli stadionda bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda braziliyaliklar so‘nggi daqiqalarda g‘alabaga erishishdi. O‘yin vaqtida Neymar singlisi hushini yo‘qotib, qo‘lini jarohatladi.

Rafaella Bekran gips qilingan qo‘li suratini “Instagram”ga joyladi va uni “Oyning eng yaxshi ko‘rinishi” deya nomladi.

Eslatib o‘tamiz, Braziliya termasi uchrashuvning asosiy vaqtiga qo‘shilgan daqiqalarda Koutino (90+1) va Neymarning (90+6) gollari evaziga Kosta-Rika ustidan zafar kuchgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Neymarning singlisi hushini yo‘qotib, qo‘lini shikastladi (FOTO)