19:26 / 26.06.2018
6 897

Xitoyda salondan yangi Ferrari haydab chiqqan qiz avariya sodir qildi (video)

Xitoyda salondan yangi Ferrari haydab chiqqan qiz avariya sodir qildi (video)
Foto: Google Images
Xitoyning Venlin shahrida qiz Ferrari 458 Italiya superkarini avtosalondan ijaraga olib chiqqanidan bir necha daqiqa o‘tgach avariya sodir qildi. Voqea aks etgan videoni Daily Mail o‘zining YouTube kanalida taqdim qildi, deb yozmoqda «Daryo».

Qiz noqulay ob-havo sharoiti tufayli (yo‘llarning ho‘lligi) avtomobilni boshqarishga qiynalgan. Natijada Ferrari to‘siqqa borib urilgan va BMW bilan to‘qnashgan. BMW to‘qnashuvdan so‘ng boshqa avtomobilga borib urilgan. Avariyaga uchrashdan oldin qiz Ferrari’ni ijaraga olganini maqtanib, mashina ichida video tasvirga olgan. Videoda u: «Birinchi marta Ferrari rulini boshqarishim. Bu chindan ham unutilmas taassurot», — degan.

Haydovchi qizning mashina uchun mas’ulligi sug‘urta qilingani borasida hech qanday ma’lumot taqdim qilinmagan. YTH oqibatida hech kim jabr ko‘rmagan.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda salondan yangi Ferrari haydab chiqqan qiz avariya sodir qildi (video)