22:44 / 26.06.2018
3 890

Donald Tramp AQShning eng buyuk prezidentlaridan biri bo‘lishi mumkin

Donald Tramp AQShning eng buyuk prezidentlaridan biri bo‘lishi mumkin
Foto:«The Policy»
«AQShlik mashhur kinoaktyor David Linchning fikricha, prezident Donald Tramp faoliyatini AQShning eng buyuk prezidentlaridan biri sifatida yakunlashi mumkin. Bu haqda u «Guardian» nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi», — deya xabar bermoqda «Xabar» nashri.

72 yoshli kinoijodkor Trampning qilayotgan ishlariga ikkilanishi va shu bilan birga uning hukumatga kelishi katta islohotlarga yo‘l ochishi mumkinligini aytib o‘tdi.

«U AQShning eng buyuk prezidentlaridan biri bo‘lishi mumkin, chunki u juda ko‘p yangiliklarga qo‘l urdi», — dedi o‘z davrining eng yaxshi kinoijodkorlaridan biri. «Hech kim unga qarshi tura olmaydi. Bizning soxta rahbarlarimiz davlatni rivojlantirishda oldinga siljiy olishmadi, ular hech narsa qila olishmadi. Ular xuddi yosh bolaga o‘xshaydi. Tramp buni hammaga ko‘rsatib qo‘ydi», — deya qo‘shimcha qildi u.

Shuningdek, Linch 2016 yilgi saylovda kimga ovoz berganini eslolmasligini, ammo birinchi turda demokrat Berni Sandersga ovoz berganini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Donald Tramp AQShning eng buyuk prezidentlaridan biri bo‘lishi mumkin