18:26 / 27.06.2018
7 748

70 yoshli uddaburon kampir bankdan pul o‘g‘irladi, biroq…

70 yoshli uddaburon kampir bankdan pul o‘g‘irladi, biroq…
Pensioner ayol yoshligida ham harakatchanligi va topqirligi bilan yaqinlarini lol qoldirardi. Lekin o‘g‘li va nevaralari unga o‘xshamay, ancha tanbal bo‘lib o‘sdi. Shu bois ayol nafaqaga chiqqanidan keyin ham o‘g‘li va nevaralarini boqish uchun tinmay pul ishlab topishga majbur edi.

Kunlarning birida nima bo‘ldi-yu, kampirning fe’li aynib, o‘g‘rilik ortidan mo‘may pul topishni istab qoldi. U nevarasining to‘yi arafasida jinoiy guruh tuzib, Leningrad viloyatining Kirish shahridagi bankni talon-taroj qilmoqchi bo‘ldi, deya xabar berdi zelv.ru sayti.

Ma’lum bo‘lishicha, pensioner ayol nevarasining to‘yi munosabati bilan unga Sankt-Peterburgdan ikki xonali kvartira sovg‘a qilmoqchi bo‘lgan. Biroq ayolning qo‘lida bor-yo‘g‘i 500 ming rubl bor edi va bu pullar uy sotib olishga yetmasdi. Kvartira sotib olishga yetadigan pul topish uchun u bankni tunash rejasini tuzdi.

Ushbu rejani amalga oshirish uchun kampir dugonasining 21 yoshli o‘g‘li hamda o‘sha bankda hisobchi bo‘lib ishlaydigan ayolni yolladi.

Ular mo‘maygina pul evaziga pensioner bilan bankni tunashga kelishib olishadi.

Rejaga ko‘ra, yigit o‘g‘ri sifatida bankka kirishi, hisobchi ayol esa hech qanday qarshiliksiz 530 ming rublni bank hisobidan yechib berishi kerak edi.

Biroq, puxta o‘ylangan reja so‘nggi bosqichda muvaffaqiyatsiz tugadi. Yosh yigit bankdan chiqishi bilan ko‘zoynagi va niqobini yechgani tufayli uni guvohlar ko‘rib, militsiya xodimlariga tutib berishgan.

Jinoyatchi pulni olib ketolmaganligi tufayli uni qo‘yib yuborishgan. Tergovchilar bu ish bo‘yicha surishtiruv ishlarini boshlab yuborishgan. Agar aybi isbotlansa, ularning har biriga yetti yillik qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 70 yoshli uddaburon kampir bankdan pul o‘g‘irladi, biroq…