11:27 / 28.06.2018
4 807

“Burger King” kompaniyasi rossiyalik ayollarni futbolchilardan homilador bo‘lishga chaqirdi

“Burger King” kompaniyasi rossiyalik ayollarni futbolchilardan homilador bo‘lishga chaqirdi
Bu chaqiriqni kompaniya ayni kunda, futbol bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tayotgan kunlarda reklama sifatida tarqatgandi. Reklamada qaysi rossiyalik ayol jahon chempionatida ishtirok etayotgan jamoalar o‘yinchisidan homilador bo‘lsa, 3 million rubl miqdorida pul va bir umrlik mahsulot va’da qilingandi. Lekin reklama kutilmaganda rossiyaliklarning keskin tanqidiga uchradi. Mutasaddilar bunday bo‘lishini kutmagandi. Darhol reklamani yo‘q qilishdi.

— Biz o‘ylamasdan, mulohaza qilmasdan u taxlit reklama o‘ylab topganimiz uchun rasman uzr so‘raymiz, — deyiladi kompaniyaning “VK” dagi sahifasida. — Biz reklama materiallarining barchasini yo‘q qildik. Aks sado berganingiz uchun sizlardan juda minnatdormiz…

Rossiyadagi kommunistlar partiyasi nomidan Davlat Dumasi deputati Tamara Pletneva rossiyalik ayollarga murojaat etib, jahon chempionatida qatnashayotgan futbolchilar bilan yaqin munosabatlarga kirishmaslikni so‘radi. U aytib o‘tdiki, bolalar yetim bo‘ladi, otalari baribir vataniga ketadi. Bu bola bilan qolgan Rossiya ayoli esa bir umr qiynalib yashaydi. Bunga deputat 1980 yilgi olimpiya o‘yinlaridan keyingi xuddi shunday voqealarni misol qilib keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada o‘tayotgan futbol bo‘yicha jahon chempionati finali shu yil 15 iyulida bo‘lib o‘tadi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Burger King” kompaniyasi rossiyalik ayollarni futbolchilardan homilador bo‘lishga chaqirdi