12:57 / 28.06.2018
3 825

Putin xorijliklarga yashash uchun hujjatlar soddalashtirilishi borasida topshiriq berdi

Putin xorijliklarga yashash uchun hujjatlar soddalashtirilishi borasida topshiriq berdi
RF prezidenti Vladimir Putin IIV va Mehnat vazirligiga Rossiyada ishlash va yashashni maqsad qilgan, rus tilini yaxshi egallagan xorijiy fuqoro va fuqoroligi bo‘lmagan shaxslarga vaqtincha yashash va yashash uchun beriladigan ruxsatnomalarni rasmiylashtirilishi soddalashtirilishi borasida farmoyish berdi. Tegishli farmoyish 26 iyun kuni Kreml saytida e’lon qilindi.

“Ichki ishlar vazirligi Mehnat va ijtimoiy muhofaza vazirligi bilan hamkorlikda Rossiyada ishlash va yashashni maqsad qilgan, rus tilini yaxshi egallagan xorijiy fuqoro va fuqoroligi bo‘lmagan shaxslarga vaqtincha yashash va yashash uchun beriladigan ruxsatnomalarni rasmiylashtirilishi soddalashtirilishi borasida zarur choralarni ko‘rsin”, — deyiladi hujjatda.

Farmoyish bajarilishining muddati 2018 yilning 31 avgustigacha deb belgilangan.

Bundan avval Rossiya IIV rahbarining o‘rinbosari Igor Zubov bayonot berib, o‘z idorasi Rossiya fuqoroligini berish jarayonlari soddalashtirilishi ustida ish olib borayotganini ma’lum qilgan edi. Mahalliy OAVning ta’kidlashicha, “bu choralar birinchi navbatda Ukraina hududlaridan kelgan qochqinlarga nisbatan joriy qilinadi”.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin xorijliklarga yashash uchun hujjatlar soddalashtirilishi borasida topshiriq berdi